Narda Industrial Meter (NIM) — sanoat muhitidagi elektr va magnit maydonlarini o‘lchashga mo‘ljallangan, ikki sensorli zondga ega o‘lchov vositasi.
Asosiy xususiyatlari
Izotrop zond
Tezkor o‘lchash jarayoni
Ishonchli o‘lchov natijalari
Standartlarga muvofiqlik
Foydalanish uchun juda qulay
Iqtisodiy jihatdan samarali, yengil va ixcham
Narda Industrial Meter (NIM) — ISM chastotalaridan foydalanadigan qurilmalarda elektr va magnit maydonlarini bir vaqtning o‘zida o‘lchashga imkon beruvchi, E-maydon (elektr) va H-maydon (magnit) zondlarini o‘zida birlashtirgan to‘liq o‘lchov tizimidir. Uning 2 ta modeli mavjud.
NIM-511 modeli 13,56 MGts ISM chastotasiga kalibrlangan bo‘lib, sanoat qurilmalaridagi keng chastota diapazonini qamrab oladi.
Chastota diapazoni: 100 kGs dan 100 MGts gacha
NIM-513 modeli 27,12 MGts chastotaga kalibrlangan bo‘lib, aynan shu tez-tez qo‘llaniladigan ISM chastotasida o‘lchovlar o‘tkazish uchun juda mos keladi.
Chastota diapazoni: 10 MGts dan 42 MGts gacha