UZ RU EN
Kompaniya haqida Mahsulotlar Xizmatlar Chegirmalar Sharhlar Yangiliklar Hamkorlarimiz Kontaktlar
Пн–Пт: 9:00–18:00 г. Ташкент, ул. Фурката, 175 info@ntechnology.uz +998 90 189-52-23
← Katalogga qaytish
Iqlim kamerasi ICH750L
Memmert GmbH

Iqlim kamerasi ICH750L

Narxi so'rov bo'yicha

Harorat / Ishchi harorat oralig‘i — namliksiz: 0 dan +60 °C gacha
Harorat / Sozlanadigan harorat oralig‘i — 0 dan +60 °C gacha
Harorat / Ishchi harorat oralig‘i — namlik va/yoki yorug‘lik mavjud bo‘lganda: +10 °C dan +60 °C gacha
Harorat / Haroratni sozlash aniqligi — 0,1 °C
Harorat / Harorat datchigi — o‘zaro nazoratni ta’minlovchi va nosozlik yuzaga kelganda vazifalarni o‘z zimmasiga oluvchi, 4 simli sxemaga ulangan, DIN A sinfiga mansub 2 ta Pt100 datchigi
Namlik / Namlik — tashqi idishdagi distillangan suvdan o‘z-o‘zidan so‘ruvchi nasos yordamida ta’minlanadi
Namlik / Namlantirish — issiq bug‘ generatori yordamida amalga oshiriladi
Namlik / Namlik — 10–80% nisbiy namlik oralig‘ida faol namlantirish va quritish (namlikni kamaytirish) imkoniyati; raqamli displeyda nisbiy namlik ko‘rsatiladi (displey aniqligi — 0,1%, sozlash aniqligi — 0,5%)
Standart komponentlarni boshqarish / Yorug‘lik — kunduzgi yorug‘lik va ultrabinafsha (UV) nurlanishni boshqaruvchi blok orqali alohida dasturlash mumkin
Standart komponentlarni boshqarish / Yorug‘lik — sovuq oq yorug‘lik uchun +/- 6%, UV nurlanish uchun +/- 10% aniqlikda
Standart komponentlarni boshqarish / Yorug‘lik — yoritish bloki sovuq oq rangli 4 ta lyuminessent lampadan (standart yorug‘lik manbai D65, 6500 K) va 320–400 nm spektral diapazondagi 2 ta UV lampadan iborat
Boshqaruv texnologiyasi / ControlCOCKPIT — TwinDISPLAY. Yuqori aniqlikdagi ikkita rangli TFT-displeyga ega, moslashuvchan, ko‘p funksiyali raqamli PID-mikroprotsessorli boshqaruv tizimi. Boshqaruv texnologiyasi / Til sozlamalari — nemis, ingliz, ispan, fransuz, polyak, chex, venger, italyan, xitoy tillari
Boshqaruv texnologiyasi / Taymer — belgilangan vaqtga mo‘ljallangan raqamli ortga hisoblash taymeri; 1 daqiqadan 99 kungacha sozlash mumkin
Boshqaruv texnologiyasi / "SetpointWAIT" funksiyasi — jarayon vaqti belgilangan haroratga erishilgandan keyingina boshlanadi
Boshqaruv texnologiyasi / Kalibrlash — harorat va namlik uchun uchta ixtiyoriy qiymat; CO2 (karbonat angidrid) uchun ikkita ixtiyoriy qiymat
Boshqaruv texnologiyasi / Sozlanishi mumkin bo‘lgan parametrlar — harorat (Selsiy yoki Farengeyt shkalasida), ventilyator tezligi, yoritish, dastur vaqti, vaqt zonalari, yozgi/qishki vaqtga o‘tish
Ventilyatsiya / Ventilyator — ishchi kamerada majburiy havo aylanishi; 10% dan 100% gacha, 10% qadam bilan sozlanishi mumkin
Aloqa / Hujjatlashtirish — elektr ta’minoti uzilgan taqdirda dastur xotirada saqlanib qoladi
Aloqa / Dasturlash — dasturlarni tuzish, boshqarish hamda Ethernet interfeysi yoki USB porti orqali uzatish uchun mo‘ljallangan, USB-diskdagi "AtmoCONTROL" dasturiy ta’minoti
Xavfsizlik / Haroratni nazorat qilish — isitish tizimini o‘chirish uchun mo‘ljallangan mexanik harorat cheklovchisi (TB); DIN 12880 standartiga muvofiq 1-himoya sinfiga kiradi Nominal haroratdan 10°C yuqori
Xavfsizlik / Haroratni nazorat qilish — TWW (yuqori va past harorat nazorati, 3.3-himoya sinfi) yoki displey orqali tanlanishi mumkin bo‘lgan TWB (sozlanadigan harorat cheklovchisi, 2-himoya sinfi) tizimi
Xavfsizlik / AutoSAFETY — qo‘shimcha o‘rnatilgan "ASF" (yuqori va past haroratdan himoya qilish) tizimi; u belgilangan harorat qiymatini oldindan belgilangan tolerantlik oralig‘ida avtomatik ravishda kuzatib boradi. Harorat me’yordan oshib ketganda yoki tushib ketganda ogohlantirish signali beriladi; harorat yuqori bo‘lsa — isitish, harorat past bo‘lsa — kompressor o‘chiriladi
Xavfsizlik / Avtodiagnostika tizimi — harorat va namlikni nazorat qilish tizimlaridagi nosozliklarni aniqlashga mo‘ljallangan o‘rnatilgan diagnostika vositasi
Xavfsizlik / Signalizatsiya — vizual (yorug‘lik) va akustik (ovozli) signallar
Isitish konsepsiyasi / Havo qobig‘i (Air jacket) — kamerani har tomondan bir tekis va yumshoq isitishni ta’minlovchi havo qobig‘i tizimi
Isitish konsepsiyasi — issiqlik qobig‘i ichki kameradan ajratilganligi sababli, sovutish tizimi yukning (namuna/mahsulotning) qurib qolishiga olib kelmaydi
Isitish konsepsiyasi / Sovutish — energiya tejovchi, tarkibida freon (CFC) bo‘lmagan sovutish/isitish tizimi (sovutish agenti: R290 propan)
Isitish konsepsiyasi / Muzdan tushirish (Defrosting) — yuqori samaradorlikka ega avtomatik muzdan tushirish tizimi
Standart jihozlar / Zavod kalibrlash sertifikati — standart qiymatlar: +10 °C va +37 °C, shuningdek +30 °C haroratda 60% nisbiy namlik
Standart jihozlar / Eshik — ichki shisha eshiklar
Standart jihozlar / Eshik — to‘liq izolyatsiyalangan, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan eshiklar;
2 nuqtali qulflash mexanizmi (siquvchi qulf) bilan jihozlangan
Standart jihozlar / Kirish porti — silikon kirish porti (diametri 40 mm), namlik o‘tkazmaydigan; silikon tiqin bilan yopilishi mumkin; standart joylashuvi — orqa devorda
Standart jihozlar / Ichki jihozlar — 2 ta zanglamaydigan po‘latdan yasalgan, elektro-sayqallangan (elektropolished) to‘rli tokchalar
Standart jihozlar / Standart aksessuarlar — suv idishi va ulanish shlangi
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ichki kamera / O‘lchamlari — K (A) x B (B) x Ch (C): 1040 x 1200 x 600 mm (ventilyator uchun chuqurlikdan 33 mm ayiriladi)
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ichki kamera / Hajmi — 749 l
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ichki kamera / Ichki elementlarning maksimal soni — 14
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ichki kamera / Maks. Kamera yuklanishi — 200 kg
Ichki qismi zanglamaydigan po‘latdan / Har bir ichki tokchaga maksimal yuk — 30 kg
Tashqi qoplamasi fakturali zanglamaydigan po‘lat / O‘lchamlari — eni (D) x balandligi (E) x chuqurligi (F): 1224 x 1950 x 785 mm (chuqurligi eshik tutqichi bilan birga +56 mm)
Tashqi qoplamasi fakturali zanglamaydigan po‘lat / O‘rnatish — qulflanadigan g‘ildirakchalar yordamida
Tashqi qoplamasi fakturali zanglamaydigan po‘lat / Korpus — orqa tomoni rux bilan qoplangan po‘lat
Elektr parametrlari / Kuchlanish
Elektr ta’minoti — 230 V, 50/60 Gts
taxminan 1550 Vt
Elektr parametrlari / Kuchlanish
Elektr ta’minoti — 115 V, 50/60 Gts
taxminan 1550 Vt
Atrof-muhit sharoitlari / O‘rnatish — Qurilmaning orqa tomoni va devor orasidagi masofa kamida 15 sm bo‘lishi kerak. Shiftgacha bo‘lgan masofa 20 sm dan kam bo‘lmasligi lozim, shuningdek, yon tomonlardan devorlargacha yoki yaqin atrofdagi boshqa ihozlar orasidagi masofa 5 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Atrof-muhit sharoitlari / Atrof-muhit harorati — 15 °C dan 28 °C gacha (cheklangan harorat oralig‘ida 34 °C gacha)
Atrof-muhit sharoitlari / Nisbiy namlik — maksimal 70 %, kondensatsiyasiz
Atrof-muhit sharoitlari / O‘rnatish balandligi — dengiz sathidan maksimal 2000 m balandlikkacha
Atrof-muhit sharoitlari / Haddan tashqari kuchlanish toifasi — II
Atrof-muhit sharoitlari / Ifloslanish darajasi — 2
Qadoqlash/jo‘natish ma’lumotlari / Tashish bo‘yicha ko‘rsatmalar — Jihozlar tik holatda tashilishi kerak
Qadoqlash/jo‘natish ma’lumotlari / Bojxona tarifi kodi — 8419 8998
Qadoqlash/jo‘natish ma’lumotlari / Ishlab chiqarilgan mamlakat — Germaniya Federativ Respublikasi
Qadoqlash/jo‘natish ma’lumotlari / WEEE ro‘yxatga olish raqami — DE 66812464
Qadoqlash/jo‘natish ma’lumotlari / Qadoq bilan birga taxminiy o‘lchamlari — eni x balandligi x chuqurligi: 1330 x 2150 x 1050 mm
Qadoqlash/jo‘natish ma’lumotlari / Sof vazni — taxminan 249 kg
Qadoqlash/jo‘natish ma’lumotlari / Qadoq bilan birga umumiy vazni — taxminan 319 kg

Ariza qoldirish

O'xshash mahsulotlar