SNOL 30/1100 rusumli, yuqori aniqlikdagi, tolali izolyatsiyaga ega elektr kamerali pech — bu 1100°C gacha haroratga yeta oladigan universal laboratoriya pechidir. U materiallarni sinovdan o‘tkazish hamda toblash, yumshatish, normallashtirish kabi termik ishlov berish jarayonlari, shuningdek, keramika va sopol buyumlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Termik ishlov berish jarayonida ajralib chiqadigan gaz yoki tutunni chiqarib yuborish uchun qo‘shimcha ravishda dudburon (ventilyatsiya) tizimini o‘rnatish mumkin. Ushbu pech ilmiy laboratoriyalar, ta’lim muassasalari, kulolchilik ustaxonalari, tibbiyot sohasidagi muassasalar va sanoat korxonalari uchun juda mos keladi.
Hajmi, l — 30
Maksimal harorat, °C — 1100
Uzluksiz ishlash harorati oralig‘i, °C — T+10–1100
Quvvat, kVt — 3,4
Nominal ta’minot kuchlanishi, V — 230
Fazalar soni — 1
Nominal chastota, Gts — 50
Kamera materiali — Tolali plitalar
Maksimal qizish vaqti (yuklamasiz), min — 150
Harorat barqarorligi — 2
Harorat bir xilligi — 10°C
Havo aylanishi — Tabiiy
Kamera kengligi, mm — 300
Kamera chuqurligi, mm — 405
Kamera balandligi, mm — 275
Umumiy kenglik, mm — 655
Umumiy chuqurlik, mm — 875
Umumiy balandlik, mm — 835
Og‘irligi (sof), kg — 96